«yangi o‘zbekiston» tegli maqolalar


“Eski” O‘zbekiston qoldiqlari. Fotoreportaj
17 iyul 2023, 19:41

“Eski” O‘zbekiston qoldiqlari. Fotoreportaj

Biz “Yangi O‘zbekiston” tomon shiddat bilan ildamlab ketmoqdamiz. Biroq bizni hamon “eski”sining qoldiqlari qurshab turibdi. Shiorlar, temir panjaralar, archalar, valyuta ayirboshlovchilar, “gazondan yurmang belgilari” va boshqa qoldiqlar — “Gazeta.uz” fotoreportajida.

Toshkentda xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi boshlandi
3 iyul 2023, 12:30

Toshkentda xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi boshlandi

Toshkentda 3−7-iyul kunlari Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi bo‘lib o‘tadi. Haftalik doirasidagi 50 dan ziyod konferensiya, davra suhbatlari va amaliy muloqotlarda 60 dan ziyod davlatdan 450 dan ortiq siyosat va jamoat arboblari, yirik biznes vakillari va ekspertlar qatnashadi.

9-may munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston bog‘i”ga boruvchilar uchun avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
9 may 2023, 14:25

9-may munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston bog‘i”ga boruvchilar uchun avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston bog‘i”da bo‘lib o‘tadigan bayram tadbiriga tashrif buyuruvchilar uchun vaqtinchalik avtobus yo‘nalishlari tashkil etiladi.

«Yangi O‘zbekiston deganda, har bir fuqarosi uchun g‘amxo‘rlik qiladigan, ochiq va adolatli jamiyat ham tushuniladi» — prezident
31 avgust 2022, 20:55

«Yangi O‘zbekiston deganda, har bir fuqarosi uchun g‘amxo‘rlik qiladigan, ochiq va adolatli jamiyat ham tushuniladi» — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Mustaqillik bayrami bilan tabrikladi. U Yangi O‘zbekiston deganda har bir fuqarosi uchun g‘amxo‘rlik qiladigan, ochiq va adolatli jamiyat tushunilishini ta’kidladi. Shuningdek, 2026 yilgacha Taraqqiyot strategiyasi doirasida 5 ta asosiy vazifani belgilab berdi.

Innovatsiyalar vazirligi ikki marta prezident kitobi uchun mobil ilova yaratishni moliyalashtirishni rad etdi
2 avgust 2022, 21:01

Innovatsiyalar vazirligi ikki marta prezident kitobi uchun mobil ilova yaratishni moliyalashtirishni rad etdi

Deputat Akmal Saidov taklifi bilan prezidentning «Yangi O‘zbekiston strategiyasi» kitobi uchun mobil ilova yaratishga 2,6 mlrd so‘m so‘raldi. Biroq loyiha Innovatsiyalar vazirligi hay’atida ko‘plab savollar tug‘dirdi va ikki marta moliyalashtirish rad etilib, g‘oya qayta ko‘rib chiqish uchun qaytarildi.

Foto: Farg‘onadagi «Yangi O‘zbekiston» massivi qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
16 may 2022, 17:06

Foto: Farg‘onadagi «Yangi O‘zbekiston» massivi qanday ko‘rinishda bo‘ladi?

Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga safari chog‘ida «Yangi O‘zbekiston» massivi qurilishini borib ko‘rdi. Bu yerda qariyb 300 ta ko‘p qavatli (7 dan 25 qavatgacha) uylar, hiyobon va ko‘l, maktab va bolalar bog‘chalari, sanoat zonasi va boshqa obyektlar qurilishi rejalashtirilgan. Qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Davronjon Odilov massivni qurilayotganlari orasida «eng yashil va ekologik massiv» deb atadi. Kommunikatsiya esa maxsus tunneldan o‘tkaziladi.

Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab uylar, mehmonxona, kinoteatr va restoranlar quriladi
7 aprel 2022, 11:20

Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab uylar, mehmonxona, kinoteatr va restoranlar quriladi

Shavkat Mirziyoyev Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab 610 gektar maydonda quriladigan binolar loyihalari bilan tanishdi. Uy-joylar, mehmonxonalar, kinoteatr, restoranlardan iborat zamonaviy majmualar to‘rt qavatli va to‘rt xil dizaynga ega bo‘ladi. Shuningdek, piyoda va velosiped yo‘laklari, yerosti va yerusti yo‘llari barpo etiladi. Bundan tashqari, prezident Olimpiya shaharchasi loyihasini tasdiqladi.

«Yangi Namangan» shaharchasi qurilishining ikkinchi bosqichida 171 ta ko‘p qavatli uylar bunyod etiladi
10 mart 2022, 16:57

«Yangi Namangan» shaharchasi qurilishining ikkinchi bosqichida 171 ta ko‘p qavatli uylar bunyod etiladi

«Yangi Namangan» shaharchasi qurilishining ikkinchi bosqichida 20 ming xonadonga ega 171 ta ko‘p qavatli uy barpo etish rejalashtirilmoqda. Prezident uylarni zilzilaga bardoshliligi va sifatini ta’minlash, ularning loyihasi yuzasidan aholining fikrlarini tinglash bo‘yicha topshiriq berdi. Qolaversa, viloyatda «Yangi O‘zbekiston» bog‘ini qurish ishlari ham boshlab yuborilgani aytildi.

31 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
31 yanvar 2022, 22:00

31 yanvar kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Pekin qishgi Olimpiadasi ochilishida qatnashadigan Shavkat Mirziyoyev, UZIMEI`ni «byurokratik va noqulay», deb atagan Jahon banki eksperti, 100 maqsadni jamlagan Taraqqiyot strategiyasi, 2021 yilda import qilingan $588 mlnlik «inomarka» lar, shovqinga qarshi kurashni tartibga solishni taklif qilgan Adliya vazirligi, yangi tayinlangan hokimlar va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 31 yanvardagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Inson qadri, halollik standartlari, pragmatik tashqi siyosat. Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasining 100 maqsadi
31 yanvar 2022, 12:36

Inson qadri, halollik standartlari, pragmatik tashqi siyosat. Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasining 100 maqsadi

2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston Taraqqiyot strategiyasi 7 ta yo‘nalish va 100 ta maqsaddan tashkil topgan. 2022 yilda strategiyani amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasidagi tadbirlarga 55 trln so‘m va 11,7 mlrd dollar ajratiladi.

Vazirliklarning hududiy bo‘linmalari bitta binoga joylashtiriladi
24 noyabr 2021, 10:59

Vazirliklarning hududiy bo‘linmalari bitta binoga joylashtiriladi

Prezident farmoyishiga ko‘ra, Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlari dasturi loyihasiga takliflar ishlab chiqilishida “vazirlik va idoralar shtat birliklarini maqbullashtirish” ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. Bundan tashqari, davlat boshqaruvi organlarining maqomini belgilash, “Ochiq idora” loyihasini amalga oshirish kabi jihatlar ham shunday yo‘nalishlardan hisoblandi.

«Yangi O‘zbekiston» tovar belgisi ostida alkogol ichimlik ishlab chiqarilishi mumkin
28 sentabr 2021, 20:06

«Yangi O‘zbekiston» tovar belgisi ostida alkogol ichimlik ishlab chiqarilishi mumkin

Elsun-Sharob alkogol ichimliklar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi «Yangi O‘zbekiston» savdo belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza berdi.

Yangi O‘zbekiston universiteti ochiladi — Behzod Musayev
21 may 2021, 17:46 1

Yangi O‘zbekiston universiteti ochiladi — Behzod Musayev

Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev bu yil O‘zbekistonda «Yangi O‘zbekiston» universiteti ochilishin e’lon qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting